Kadastr xodimlariga korrupsiya oqibatlari yana bir bor tushuntirib o‘tildi

Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida  Bulung‘ur tumanida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

 

Seminarda Prezidentimizning 2021 yil 6 iyulda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son Qarori bilan belgilangan yangi chora-tadbirlarning mazmun va mohiyati tizim xodimlariga sodda tilde, hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

 

Shuningdek, seminar davomida ijtimoiy tarmoqlarda yoritilayotgan Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan respublika bo‘ylab o‘tkazilgan “Pora-2021” tadbirlarida yuzaga kelgan vaziyatlardan kadastr sohasida faoliyat yuritayotgan har bir rahbar va xodimlarning xulosa qilishi lozimligi, xulosa qilmasdan, nafs jilovini qo‘ldan boy berish mudhish oqibatlar sabab bo‘lishi mumkin ekanligi, har qanday noqonuniy qilmishga yarasha qonun ustuvorligi hamda jazo muqarrarligini esdan chiqarmaslik shartligi qattiq tayinlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM