Bulung‘ur tuman hokimligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Shodmonov Fazliddin Bahriddinovich Bulung‘ur tumani hokimining tegishli qaroriga asosan Bulung‘ur tuman hokimligi “Mahallabay ishlash markazi” direktori vazifasiga tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, F.Shodmonov 1980 yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003 yilda Samarqand Davlat Universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi.

F.Shodmonov tayinlovga qadar Bulung‘ur tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Razoqov Jaxongir Baxtiyor o‘g‘li Samarqand viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan, boshqarmaning Bulung‘ur tumani bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, J.Razoqov 1996 yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2018 yilda Samarqand Qishloq xo‘jalik Institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha).

J.Razoqov tayinlovga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining Bulung‘ur tuman bo‘limi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bugungi kunda u tuman hokimligi tizimidagi eng yosh rahbarlar xodimlardan biri bo‘ldi.

Har ikki rahbarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM