Bulung‘urdagi fermer xo‘jaligi tomonidan qonun talablari buzilganligi aniqlandi

Inspeksiyaning Bulung‘ur tumani bo‘limi sohaviy inspektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya qilinishini o‘rganish maqsadida, tumanidagi “Ravotxo‘ja” fermer xo‘jaligida o‘rganishlar olib borildi.

 

Monitoring  natijasi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yganligi aniqlandi.

 

Hususan, “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasiga asosan, naslchilik xo‘jaliklari tomonidan naslchilik hisob-kitoblari va hujjatlari yuritilishi lozim bo‘lsada, amalda “Ravotxo‘ja” fermer xo‘jaligida naslchilikka oid hisob-kitoblar va hujjatlar yuritilmagan. Shuningdek, ushbu fermer xo‘jaligiga 2018 yilda naslchilik maqomi berilgan bo‘lsada, xo‘jalikda naslli qoramollarni sun’iy urug‘lantirish punkti tashkil etilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan MJtKning 92-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, tegishliligi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudiga yuborildi.

 

“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM