Bulung’ur tumanida reklama, afisha va eʼlonlarning qonun talablariga mosligi holati o’rganilmoqda

Ayni kunlarda Bulung‘ur tumanida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosini taʼminlash, tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish maqsadida tuman ishchi guruhi tomonidan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

O‘rganish jarayonida Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 xalqaro magistral yo‘lida aniqlangan “Davlat tili to'g'risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari talablariga javob bermaydigan peshlavha, reklama va boshqa axborotnomalar joyida bartaraf etildi, qolganlarini o‘zgartirish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

 

O‘rganishlar tuman hududi bo’ylab davom etmoqda. Xususan, endilikda ichki ko’chalar, tuman markazidan olisda joylashgan mahallalar ham ko’zdan kechirilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM