Tuman budjet daromadlarini oshirish uchun qo’shimcha rezervlar aniqlangan

Ayni vaftda sessiya ishi davom etmoqda. Xususan, tuman hokimligi moliya bo‘limining hisobotida aytilishicha, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 iyundagi 445-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning yanvar-iyun oylarida 618 ta holatda 1096,5 mln. soʼm qoʼshimcha daromadlar manbalari aniqlangan. Jumladan:

- 224 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʼlgan turar va noturar obʼektlarga qoʼshimcha hisoblangan mol-mulk va yer soligʼidan - 86,3 mln.soʼm;

- 84 ta holatda tegishli tartibda davlat roʼyxatidan oʼtmasdan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanib kelayotgan fuqarolarga hisoblangan qatʼiy daromad soligʼidan – 181,7 mln.soʼm;

- 18 ta holatda tegishli tartibda davlat roʼyxatidan oʼtmasdan umum ovqatlanish faoliyati bilan shugʼullanib kelayotgan subʼektlardan – 482,3 mln.soʼm;

- 49 ta holatda bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan tushumlarni toʼliq qamrab olinmaganligi va jamiyatning kassasiga kirim qilmasdan kelish holatlaridan - 15,5 mln.soʼm;

- boshqa yoʼnalishlar (qurilish-sanoat va savdo obʼektlarida ishlab kelayotgan 2908 nafar norasmiy ishlab kelayotgan ishchi-xizmatchilarni legallashtirish mehnat faoliyatini qonuniylashtirish, tegishli tartibda mulkdor bilan ijara shartnoma tuzmasdan faoliyat koʼrsatib kelish holatlari, elektr-energiya, gaz taʼminoti, suvoqova idoralaridan olingan maʼlumotlar asosida soliq toʼlovchilarning qamrovi tahlil yoʼnalishlari) boʼyicha jami 19 ta holatda 330,6 mln.soʼm qoʼshimcha daromad manbalari aniqlangan.

 

Sessiya davom etmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM