Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi

Joriy yil 9 iyul kuni ommaviy axborot vositalari vakillari uchun navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. “Bulung‘ur hayoti” gazetasi binosida o‘tkazilgan tadbirda tuman hamda viloyat miqyosidagi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etishdi.

 

“Bulung‘ur tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida o‘tkazilgan media-tadbir davomida tuman hokimining o‘rinbosari Azizbek Buriboev hamda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Vohid Xudayqulovlar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar, istiqbolli rejalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Xususan, “Zarafshon” gazetasi muxbiri To‘lqin Siddiqov tumanda kadrlar masalasida olib borilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Ma’lum qilinishicha, tibbiyot birlashmasida ayni vaqtda 107 stavkada mutaxassislarga ehtiyoj bor. Shuning bilan bir qatorda 0.25 va 0.5 stavkada ishlayotgan tibbiyot xodimlari sonini qisqartirib, ularni ham to‘liq 1 shtat birligida ishlashlarini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Matbout anjumani tuman hokimligining Facebook ijtimoiy tarmog’idagi sahiasida onlayn ravishda efirga uzatildi - https://fb.watch/6EUOGohbws/

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM