Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: Sessiya ishi onlayn yoritiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmoniga muvofiq, tuman hokimligida barcha qarorlar “E-Qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinmoqda.

Xususan, mazkur tizim orqali xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi sessiyasini chaqirish to‘g‘risidagi ilk qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiyasi 2021-yilning 13-iyul kuni soat 16:00 da tuman hokimligining majlislar zalida chaqirilmoqda.

Sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilishi ko’zda tutuilgan:

1) 2021-yil 2-chorak davomida Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar, sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar, yoshlar bilan uchrashuvlar, yoshlar bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish holatini o‘rganish faoliyatining tanqidiy tahlili to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumandagi qabulxonasi mudiri T.Saipov axboroti.

2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Bulung‘ur tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi tomonidan 2021-yil
2-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Bulung‘ur tumandagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi v.v.b. mudiri F.Pirimqulov axboroti.

3) Bulung‘ur tumanida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va asosiy ko‘rsatgichlarni 30 foizga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturini ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Habibullayevning hisoboti.

4) Tumanda investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Xalikulovning hisoboti.

5) 2021-yil 2-chorak davomida tumanda huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Jo‘raqulov hisoboti.

6) Tuman budjet ijrosi to‘g‘risida, shuningdek tuman salohiyatidan kelib chiqqan holda tuman budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini  shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, tuman budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida tuman hokimligi moliya bo‘limi boshlig‘i J.Narziyev hisoboti.

7) Tuman mahalliy budjetining 2021-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘i hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida.

 

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-sonli Farmoniga muvofiq, sessiya ishi onlayn yoritilishi rejalashtirilgan: https://www.facebook.com/bulungurpress 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM