Bulung‘urlik yosh iqtidorlar “Ijodkor bolalar” festivalida taqdirlandilar!

Bulung‘ur tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak a’zolari "Ijodkor bolalar" festivali viloyat bosqichida faol ishtirok etishdi.

Xususan, festivalning “Liboslar dizayni” yo‘nalishi bo‘yicha Qo‘chqorova Nozima faxrli 1-o‘rinni egallab, festivalning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, festivaolda "Ekodizayn va interer" yo‘nalishi qatnashchisi Abdumannopova Rushana faxrli 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Landshaft dizayni" yo‘nalishi ishtirokchisi Ne’matov Javohir "Faol ishtirokchi" nominasiyasi  bilan hamda "Robototexnika" yo‘nalishi ishtirokchisi O‘ktamov Gʻolibjon "Faol qatnashganligi" uchun viloyat faxriy yorliq va diplomlari bilan taqdirlanishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM