Bulung‘urlik Osiyo chempioni “Shuhrat” medali sohibasi bo‘ldi!

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 29 iyunda qabul qilingan «Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

 

Quvonarlisi mazkur Farmonga ko‘ra taqdirlanganlar orasida Bulung‘ur farzandi ham bor. Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari - bulung‘urlik TURDIBEKOVA Sitora Shavkat qizi hamda ishtixonlik O‘KTAMOVA Nigina Jasur qizi "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

 

Eslatib o‘tamiz, S.Turdibekova shu yilning 21 may - 1 iyun kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati musobaqalarida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.a

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM