Bulung‘urda “adolatli qaynona”lar kelinlarni “baholadi”

Oila va mahalla, jamiyat munosabatlari bilan bog‘liq boy milliy qadriyatlarni yoshlar orasida targ‘ib qilish, ajdodlarimiz me’rosini o‘rganish va keng ommalashtirish maqsadida “Adolatli qaynona” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovga mahallalardan boy hayotiy tajribaga ega faol, na’munali qaynonalar hamda yosh kelinlar jalb etildi.

 

Tanlov davomida yosh kelinlar bir necha shartlarda o‘z mahoratlarini namoyish etishib, har bir bajarilgan harakat qaynonalardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.

 

Yakunda ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilar hamda qaynonalar tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan estalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

Tadbirda ishtirok etgan qaynonalar tomonidan bu kabi loyihalar kelgusida ham muntazam tashkil etilib borilishi maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM