Xotin-qizlar voleybolda bellashdi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida bugun bolalar va o‘smirlar sport maktabi Mingchinor filialida navbatdagi sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman maktabgacha ta’lim bщlimi, tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi o‘tkazildi.

 

Hakamlar hayatining yakuniy xulosasiga ko‘ra:

3-o‘rinni 42-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari jamoasi;

2-o‘rinni 11-DMTT jamoasi;

1-o‘rinni 17-umumta’lim maaktabi o‘quvchi qizlari jamoasi qo‘lga kiritdi.

 

Musoboqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM