YURT POSBONLARI EL E'ZOZIDA

Musiqa va san'at maktabida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbirga korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahallalar faollari, tuman hududidagi harbiy qismlardan vakillar ishtirok etishdi.Tadbirni tuman hokimining birinchi o'rinbosari M.Ismoilov ochib, barchani qutlug' sana bilan qizg'in qutladi. Samarqand markaziy harbiy okrugi vakili, podpolkovnik U. Soibnazarov, tuman Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i J.Sultonov, tuman prokurori U. Butunov, tuman IIB boshlig'i S.Abduhakimovlar bayram munosabati bilan qalb istaklarini bildirishdi. Bir guruh harbiy xizmatchilarga, shuningdek, Uzun tumanida bo'lib o'tgan harbiy to'qnashuvlarda qahramonlarcha halok bo'lgan sobiq harbiy xizmatchi Ma'rufjon Rajabovning onasi Shakar G'afurovaga tuman hokimligining Faxriy yorliqlari, esdalik sovg'alari, shuningdek kitoblar topshirildi.

 

Tadbir so'ngida tuman Markaziy madaniyat uyi san'atkorlari ishtirokida katta bayram konserti, shuningdek, harbiy xizmatchilarning o'quv-mashq jarayonlarini aks etiruvchi chiqishlari namoyish etildi.“Diydor” bazmgohida bir piyola choy ustida bayram tadbirlari davom ettirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM