Xitoy bilan tadbirkorlik borasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chorasi ko‘rilmoqda

Bulung‘ur tumanida tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish, tumanning eksport salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalar kiritish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, tuman hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Shavkat Razzoqov joriy yilning 4-11-may kunlari tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan birgalikda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldi.

Tashrif davomida viloyat delegatsiyasi Guanjou shaxrida ozik-ovqat yarmarkasida ishtirok etishib, O‘zbekiston uchun ajratilgan pavilionda Bulung‘ur tumanida ishlab chiqarilayotgan eksportbop (mayiz, quritilgan karam, quritilgan bolgar qalampiri, quritilgan lavlagi, quritilgan kabachki va x.k) mahsulotlari taqdimoti qilindi. Xitoylik tadbirkorlar tomonidan O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarga qiziqish bildirilib, joriy yil hosil mavsumida tumanga kelishlari, kelishuvga erishilsa, tumandagi «Bulungur-Sandvik» qo‘shma korxonasi bilan eksport shartnomasi tuzishlarini ma’lum qilishdi.

Shuningdek, tashrif davomida Xitoydagi meva soklarini ishlab chiqaruvchi yirik korxona vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, uzum yetishtirish va uni qayta ishlash borasidagi tajriba va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Korxona vakillari tomonidan qora uzumdan sok ishlab chiqarish bo‘yicha 2023-2024-yillarda qiymati 2 mln. AQSh dollariga teng loyihani amalga oshirish taklifi bildirildi hamda korxona raxbari Chjan Syaolong bilan kelishuv memoradiumi imzolandi.

Bundan tashqari, delegatsiya vakillari tashrif davomida Pekin shaxridagi quyosh panellari ishlab chikaruvchi “ANZHIKEWEI” korxonasida bo‘lishdi. Muzokaralar davomida mamlakatimizda muqobil energiya ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shamol elektrostansiyalari tashkil etish uchun Bulung‘ur tumanida doimiy shamol esib turuvchi hududlar mavjudligi tadbirkorlar uchun qulay imkoniyat ekanligi ta’kidlandi.

Delegatsiya tashrifning 9-may kunida Pekindagi yirik kartoshkachilik klasteri hisoblangan “Snov Valley Agrikultural Group” korxonasida bo‘lishdi. Korxona tomonidan kuniga 3 tonna kartoshkadan xar xil turdagi chipslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Muhokamalar davomida hokim o‘rinbosari Sh.Razzoqov tomonidan kartoshka yetishtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Korxona mutaxassislari Samarqand viloyatiga tashriflari davomida tumandagi mavjud imkoniyat, xususan tuproq tarkibi, yetishtirilgan hosil sifati ko‘zdan kechirilib, shunga ko‘ra 2024 yilda kartoshkadan chipslar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 2.5 mln. AQSh dollariga teng loyihani amalga oshirishlari mumkin ekanligini ma’lum qilishdi. Korxona bilan kelgusida mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida o‘zaro hamkorlik memorandiumi imzolandi.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM