Hafta so‘ngi bilan dolzarb masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

         Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi muhokamada MIB ish yurituvidagi hujjatlarning ijro holati, kredit qarzdorliklarining undirilishi borasidagi chora-tadbirlarning natijadorligi masalasi ko‘rib chiqildi. Masala yuzasidan tuman MIB, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tijorat banklari, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, tuman G‘aznachilik bo‘linmasining hisobotlari tinglandi.

 

         Shuningdek, kun tartibida doimiy dolzarb masalalardan biri bo‘lmish yoshlarning alohida belgilangan toifasi bilan ishlash: ularning bandlligini ta’minlash hamda muammolarini bartaraf etish borasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilindi.

 

         Bundan tashqari, jarayon davomida g‘alla mavsumiga tayyorgarlik masalalari, dala chetlaridagi yangi yerlarni o‘zlashtirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokma etildi.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM