G‘allakorlar, g‘allangizdan xabar oling!

G‘alla – rizq-ro‘zimiz. Shu sababdan xirmonning mo‘l-ko‘l bo‘lishi ko‘p jihatdan bugungi chora-tadbirlarga bog‘liq. Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdumajid Nurqulov hamda Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov g‘alla maydonlarida bo‘lib, mavjud vaziyat bilan joyida tanishdilar.

 

Jarayon davomida ko‘zdan kechirilganidek, ayrim xo‘jaliklarda barcha agrotexnik tadbirlar o‘z muddatida, kerakli hajmlarda amalga oshirilgan. Biroq, ayrim hududlarda g‘alla parvarishiga yetarli darajada e’tibor qilinmagan, agrotexnik tadbirlar vaqtida amalga oshirilmagan. Bu esa, g‘allaning begona o‘tlar orasida qolishi, g‘allaning zang kasalligi ta’siri ostida qolishi, natijada hosildorlikning keskin tushib ketishi xavfini tug‘dirmoqda.

 

Jarayon davomida tumanning Alisher Navoiy, Abdusalom Mahsumov, Ipak yo‘li, O‘zbekiston, Mingchinor, Fozil Yo‘ldosh, Ulug‘bek agrofirmalari hududi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan soha mas’ullariga ko‘rsatmalar berildi.

Shu o'rinda soha xodimlaridan o'z ishlariga mas'uliyat bilan yondashishlari so'raladi. Zero, bugungi harakat ertangi barokatning kafolatidir!

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM