Jamoatchilik nazorati amalda

Bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab keng qamrovli qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning qaysi hududi bo‘lishidan qat’iy nazar albatta qurilish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu qurilish va ta’mirlash ishlari barcha sohalarni qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir. Har bir qurilaytgan obyekt avvalo qurilish me’yorlariga amal qilingan holda, sifatli qurilsa albatta xalqimiz uchun uzoq yillar xizmat qiladi.

Barcha sohalar qatori qurilish sohasida ham jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, har bir masalaga jamoatchilik va deputatlarni daxldorligini oshirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan. “Nazorat bor joyda albatta sifat bo‘ladi”, degan tamoyil asosida tumanda ham deputatlar davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida joylardagi qurilish ishlari bilan tanishib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli “2023-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida Bulung‘ur tumani Bulung‘ur mahallasidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosini rekonstruksiya qilish ishlari boshlangan va ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari bilan birgalikda tuman markazida qurilayotgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosini va sport zali qurilish ishlarini o‘rganishdi.

Ushbu qurilish ishlari boshlangan obyektlardan tashqari ham tumanimizda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari doimiy jamaotchilik nazoratida bo‘ladi.

 

Xalq deputatlari tuman

Kengashi kotibiyati

 

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM