Tuman hokimi xalq vakillariga hisobot berdi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yetmish sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan sessiyada tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasa rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya ishida 8 ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, kun tartibidagi birinchi masalaga muvofiq, tuman hokim A.S.Mustafokulovichning Bulung‘ur tumanini 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi bo‘yicha hisoboti tinglanib, 2023-yilda tumanni yanada rivojlantirish, qo‘shimcha zaxiralarni safarbar etgan holda barqaror o‘sishga erishish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-sonli qarorining tumandagi ijrosi bo‘yicha tuman hokiminig o‘rinbosari N.Sanaqulovning hisoboti tinglandi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari tasdiqlandi. “Temir daftar”ning yuritilishi va ushbu daftarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi, tumanda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hamda tuman mahalliy budjetining 2023-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘i hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM