Aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganiladi

Bulung‘ur tumanida uyma-uy yurish, fuqarobay ishlash, aholi muammolari va murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bunda har bir sektor shtabi o‘z sektori hududi bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlashtirib, jamlaydi. Tuman hokimligida tuzilgan shtabda amalga oshirilayotgan ishlar umumlashtiriladi, tahlil qilib boriladi va tizimli muammolar muhokama qilinib, bartaraf etish choralari ko‘riladi.

 

Sektor rahbarlari boshchiligida tuman hokimligida o‘tkazilgan muhokamada sektor ishchi guruhlariga ishni qay tartibda tashkil etish va olib borish, uyma-uy yurish jarayonida birinchi navbatda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.

 

Ma’lumot uchun, o‘rganish davomida hududdagi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma holati, ijtimoiy sohaga oid muammolar, aholi bandligini ta’minlash, daromadini oshirish, murojaatlar bilan ishlash va muammolarni hal etish kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.

 

 

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM