Millat genofondini buzayotgan nafsiga qul kimsalar...

O‘z nafsi yo‘lida xaromdan hazar qilmaydigan kimsalarning ham jamiyatimizda uchrab turishi afsuslanarli holat. Bugungi kunda tobora keng tarqalayotgan sintetik narkotiklar savdosi, afsuski, yonginamizga yetib keldi. Mo‘may daromad ilinjidagi nafsiga qul kimsalarning qilmishi tufayli ushbu ofat bugun millat genofondining buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Tuman hokimligida o‘tkazilgan muhokamada mazkur illatning nechog‘liq yaqinimizga kelganligi, uning ofatlari-yu, bunga sabab bo‘lgan omillar, kelgusi vazifalar haqida so‘z yuritildi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi, viloyat boshqrmasi hamda tuman bo‘limi mas’ullari, tuman hokimligi, imom hatiblar, mahalla mas’ullari, yuqoridagi baloga aralashgan kimsalarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan soha mas’ullari sintetik narkotik vositalarning noqonuniy savdosi bo‘yicha aniqlangan holatlarda Bulung‘ur tumani fuqarolarining hissasi 2022-yil yakuniga ko‘ra, 2021-yildan nisbatan kamayish kuzatilgan bo‘lsada, raqamlar hamon yirikligicha qolayotganligi, qolaversa, ushbu illat bilan bog‘liq bitta raqam ham ko‘p ekanligini ta’kidlashdi.

 

Shuningdek, muhokama davomida nuroniylar, diniy idora vakillari so‘zga chiqishib, ushbu illatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Tadbir davomida bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi ham tashkil etildi.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM