Yangiqo‘rg‘on mahallasi bayram oldidan o‘z binosiga ega bo‘ldi

Yaqinda tumanning Olmazor, Navbahor, Qirqshodi mahallalari o‘z ma’muriy binoalariga ega bo‘lgan edi. Bayram oldidan Yangiqo‘rg‘on mahallasining binosi ham foydalanishga topshirildi.

 

Ochilish tadbirida tuman hokimi S.Astonov, viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, mahalla faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

 

“Universal inshoot qurilish” MChJ tomonidan yangidan qurilib, zamonaviy qiyofa kasb etgan mahalla binosida mahalladagi “beshlik”ning har biri uchun alohida xonalar hamda ma’naviyat xonasi mavjud.

Ma’lumot uchun, Yangiqo‘rg‘on mahallasi tuman hokimining tegishli qaroriga ko‘ra, 2011-yilda tashkil etilgan. Mahalla shu vaqtga qadar Istiqlol mahallasi hududida joylashgan Qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji binosida ijarada faoliyat yuritib kelayotgan edi.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM