Joriy yil 11 oy yakuniga ko‘ra ijro intizomiga rioya etilishi holati tahlil qilindi

Bulung‘ur tumanidagi korxona va tashkilotlarda 2022-yil 11 oyi davomida ijro intizomiga rioya qilish holati tahlil qilindi. Tanqidiy-tahliliy muhokama jarayoniga hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasalarning rahbarlari va ijro intizomiga mas’ul xodimlari taklif etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 1-dekabr holatiga tuman hokimligida 573 ta qaror, 193 ta xalq deputatlari tuman Kengashi qarori, 231 ta farmoyishlar qabul qilingan.

Xalq qabulxonasi va virtual qabulxonalardan kelgan murojaatlar 430 ta, viloyat hokimligi telegram tarmog‘i orqali jami 574 ta, viloyat hokimligiga tuman fuqarolari tomonidan 351 ta,  tuman hokimining fuqarolar bilan o‘tkazilgan qabulida 1765 ta, tuman hokimligida jismoniy shaxslardan  1354 ta, tuman hokimligida yuridik shaxslardan 313 ta, umumiy hisobda 4787 ta murojaatlar kelib tushgan.

Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning asosiy qismi uy-joy, ichki yullar, elektr energiyasi, tabiiy gaz va gaz balon hamda moddiy yordam ajartish masalariga to‘g‘ri kelmoqda.

Muhokama davomida muddati o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan ijrosi ta’minlanmasdan kelinayotgan murojaatlar yuzasidan hokim o‘rinbosaralari, tashkilot va muassasalar kesimida ma’lumot berildi. Har bir holat yuzasidan soha mas’ullarining hisobotlari tinglandi.

Muhokamalar yakunida har bir murojaat ijrosi ortida inson taqdiri turganligi ta’kidlanib, ijrosi kechikayotgan murojaatlar ijrosini ta’minlash, 3 kun ichida o’zgarish bo’lmasa, ijrochi va mas’ullarga nisbatan qonunchilikka muvofiq chora ko’rilishi ta’kidlandi.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM