Hududlar bosqichma-bosqich obod bo‘lmoqda, Ingichka qishlog‘i ham e’tibordan chetda qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahallasi Ingichka qishlog‘i yo‘llari, qishloq ichidagi ko‘prikning ta’mirtalab ekanligi to‘g‘risida murojaat e’lon qilindi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Ingichka qishlog‘idagi sel yo‘lida mavjud bo‘lgan ko‘prikni ta’mirlash ishlari olib borish uchun tuman hokimligi tomonidan dasturga kiritish maqsadida takliflar kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 138-sonli Rayosat yig‘ilishi bayoniga Kattaqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini Ingichka qishlog‘idagi ko‘prikni ta’mirlash ishlarini 2023-yilda amalga oshirilishi uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, Kattaqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini Ingichka qishlog‘i hududidan o‘tuvchi jami 13 km avtoyo‘lning 7.0 km masofasi joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan. 4k-513 avtoщishd yo‘lining qolgan 6.0 km masofasi 2023-yilda joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi uchun tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2023-yil manzilli dasturiga kiritish maqsadida, taklif berilgan. Dastur tasdiqlanib, mablag‘ ajratilganidan so‘ng Kattaqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini Ingchika qishlog‘i hududian o‘tuvchi 4k-513 avtomobil yo‘lining qolgan qismida ham ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

 

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM