Biz uchun bitta ajrim ham koʻp

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjmuni o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Nasiba Mamadiyarova tomonidan “Tumanda oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning sabablarini bartaraf qilish, notinch oilalardagi muhitni sog`lomlashtirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan ma’lumot berildi.

 

Tadbir davomida ma’lumot berilganidek, tumanda oilaviy ajralishlar 2022-yil 10 oyi davomida 220 nafarni (2021-yil 10 oyida 142 nafarni) 78 nafarga ko‘paygan. Sud qaroriga asosan 154 nafarni (110 nafar) 44 nafarga ko‘paygan, FHDYo bo‘limi orqali 66 nafarni (32 nafar) 45 nafarga ko‘paygan.

Mahalla faollari tomonidan aniqlangan 127 nafar ajrim yoqasidagi oilalar bo‘lib, shundan 95 nafari yarashtirilgan. 55 ta mahhallalarning barchasida “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyalari tuzilgan, ammo bu komissiyalar hamma joyda ham talab darajasida faoliyat yuritmayotganliklari natijasida ajrim holatlari ko‘paygan.

Oilaviy ajrimlarning asosiy sabablarining 50 nafari uzoq muddat bir oila bo‘lib yashamaslik, 50 nafari farzandsizlik, 6 nafarni xiyonat, 3 nafarini spirtli ichkilikka ruju qo‘yganlik, 83 nafarini bir-birini tushunmaganlik, 1 nafarini hukm asosida, 1 nafarini tomonlardan birining sog’lig’i to‘gri kelmasligi va 2 nafari ruhiy kasalligi natijasida yuzaga kelgan.

Oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarda milliy  qadriyatlarni shakllantirish maqsadida: aprel oyidan boshlab “Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz!”, “Ahil oila”, “Oila muqaddas” mavzularida 121 marotaba tadbirlar hamda Jomboy fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudi bilan hamkorlikda 40 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilgan. Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda mahalla faollari bilan birgalikda 95 marotaba yakka suhbatlar olib borilib, 151 nafar oilasi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilishiga erishilgan.

 

Media-tadbir so‘ngida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM