Bulung‘urda bir kunda ikkita oila yarashtirildi

Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijobiy ishlar samarasida oilalar yarashtirilib, quvonarli tomoni voyaga yetmagan bolalarning ota mehridan bebahra bo‘lishini oldi olinmoqda.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 2022 yil 22avgustdagisud buyrug‘iga ko‘ra qarzdor X.A.dan undiruvchi U.D.ning voyaga yetmagan ikki nafar farzandiga aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati bo‘yicha yosh oilaga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazilishi natijasida bo‘lim davlat ijrochisining olib borgan individual suhbati jarayonida oila yarashtirilib, ikki nafar bolaning tirik yetim bo‘lishiga chek qo‘yildi.

Shuningdek, undiruvchi E.Z.ga qarzdor E.Sh.dan bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilaganligi, bu bo‘yicha tushuntirishlardan keyin oila tiklanishiga erishildi. Har birimiz bu masalaga mas’uliyat bilan yondoshsak, muqaddas oila qo‘rg‘oniga hech qachon darz ketmaydi.

 

Sa’dullo BURXONOV,

Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi davlat ijrochisi

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM