Bulung‘urda “Yil ayoli” va “Gendr tenglik faoli” aniqlandi

Bulung‘ur tumanida “Yil ayoli” va “Gendr tenglik faoli” miliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsad qilingan tanlov 3 shartdan iborat bo‘lib, bunda ishtirokchilar belgilangan yo‘nalishlardan birini tanlagan holda o‘zining faoliyat yo‘nalishini yoritib berdi.

 

Tuman oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvvatlash bo‘limi hamda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovlar yakuniga ko‘ra, Dehqonobod mahallasi fuqarosi Xoliqova Sadoqat “Yil ayoli” ko‘rik tanlovining va Avliyo Parpi mahallasi fuqarosi Jalilova Dilbar “Gendr tenglik faoli” miliy tanlovining tuman bosqichi g‘olibi deb topildi.

 

Barcha ishtirokchilar faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, g‘oliblar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kritishdi.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM