Ayoli e’zozlangan yurt

Bulung‘ur tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi xamkor tashkilotlar ishtirokida «Ayoli e’zozlangan yurt» mavzusida manaviy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tumandagi bazmgohlardan birida o‘tkazilgan tadbirga ijtimoiy

himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlar taklif etildi. Bir piyola choy ustida o‘tgan tadbirda tuman hokimi Samandar Astonov ishtirok etib, o‘z so‘zida bugun yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyalar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilariga tashkilotchilarning sovg‘a-salomlari topshirildi, sho‘x kuy va qo‘shiqlar barchani davra markaziga chorladi.

Xotin-qizlar kayfiyatini ko‘tarish, bugunidan rozi bo‘lib yashashlari uchun oz bo‘lsada turtki berish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi loyihalar joylarda davom etmoqda.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM