Damariq kollektorining Bulung‘ur kanaliga quyiluvchi qismida oqova suv yo‘li o‘pirilib, yo‘lga ham shikast yetdi (Hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda)

Bir necha kun avval Damariq kollektorining Bulung‘ur kanaliga quyiluvchi qismida oqova suv yo‘li o‘pirilib, yo‘lga ham shikast yetdi. Hodisa natijasida zararlanganlar yo‘q. Mazkur holat aholiga noqulaylik tug‘irmoqda. Sababi Erganakli hamda Bo‘dana mahallalarni bog‘lovchi mazkur yo‘ldan avtomabillar harakatlanadi, o‘quvchilar maktabga qatnaydi.

 

Joriy yil 10 oktabr kuni tuman hokimi Baxodir Baxromov soha mas’ullari bilan birgalikda holatni joyiga borib ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida mazkur kollektor viloyat gidrogeologiya melorativ ekspeditsiyasi hisobida ekanligi va aholi tomonidan hashar yo‘li bilan quvur ko‘mishda xavfsizlik me’yorlariga to‘la e’tibor qaratilmaganligi, quvur atrofi va oldi mustahkam jichlanmaganligi, natijada sariq tuproq tez yemirilganligi ma’lum bo‘ldi. Tuman hokimi mas’ullarga suv hamda avtomobil yo‘lini barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda, qisqa fursatda to‘g‘rilash vazifasini topshirdi.

 

Natijada bugun 11 oktabr kuni ishlar boshlanib ketdi. Mazkur kollektorga suv keluvchi Qoraariq kanali, Tegirmon arig‘i, Olqartepa nasos stansiyasi, Oqtepa hamda Damnebo‘sa ariqlarida suv yo‘li yopildi. Soha mutaxassislari barcha havfsizlik me’yorlari inobatga olgan holda ishni olib bormoqdalar. Kuzatilgan holat hafta yakuniga qadar bartaraf etilishi kutilmoqda.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM