
Shu yilning 27-avgustdan 16-sentyabr kuni soat 10:00 ga qadar o‘tkazilgan 2-mavsum tashabbusli byudjet jarayonlarida Bulung‘ur tumani bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 200 ta loyiha ilgari surilib, ularning 169 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi.
Jamg‘armada shakllangan 8 mlrd. 291 mln. 437 ming 463 so‘m mablag‘lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, 6 ta loyiha (61 312 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib topilmoqda:
- Bulung’urariq mahallasi Ko‘l qishlog‘i ichki yo‘llarini asfaltlash (11 100 ta ovoz)
- Changal-1 mahallasi 70-maktabning moddiy texnik bazasini rivojlantirish (11 051 ta ovoz),
- Nebo‘sa mahallasi Qo‘shtamg‘ali qishlog‘i ichki yo‘llarini asfaltlash (10 768 ta ovoz),
- Bulung’urariq mahallasi Olqartepa ko‘chasi ichki yo‘llarini asfaltlash (10 275 ta ovoz),
- Suluvqo‘rg‘on mahallasi ichki yo‘llarini asfaltlash (10 265 ta ovoz),
- Xo‘jabachcha mahallasi ichki yo‘llarini asfaltlash (7 853ta ovoz) bo‘yicha takliflari yetarlicha ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.
Demak, joriy yil 2-mavsum tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga ko‘ra, tumandagi 5 ta mahallada ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari hamda mavjud 1 ta umumiy o’rta ta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi.