Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 13-mart kungi 822-son Qonuni bilan Jinoyat kodeksining  169-moddasi 2-qismi “d” va “e” bandlari bilan to‘ldirildi, ya’ni:

d) bandiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan sodir etigan bo‘lsa,

e) bandiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv ta’minoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Muqaddam ushbu holatlar bo‘yicha jinoiy javobgarlik mavjud emas edi.

 

Bulung‘ur tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi kapitan  O.K.Jamolov

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM