Yangilanatgan Konstitutsiyada qanday o‘zgarishlar borligidan xabardormisiz?

Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tgan navbatdagi siyosiy-ma’rifat o‘quv soatida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasida yuzasidan so‘z yuritildi. Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tgan muhokamada tuman hokimi Samandar Astonov, hokimlik apparati, tashkilot va muassasalarning rahbarlari ishtirok etishdi.

 

O‘quv soati davomida tuman Adliya bo‘limi bosh mutaxassisi B.Kenjayev hamda tuman hokimining maslahatchisi G‘.Shamanovlar tomonidan mavzu yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quv-soatida ishtirok etayotgan mas’ullar o‘z sohasiga aloqador o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumotlar berib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Xususan, muhokamada ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi, va ular asosida Ya’ni Konstitutsiyamiz qariyb 65 foizga yangilanayotganligiyoq, uning chinakamiga xalqona Konstitutsiyaga aylanganligidan dalolatdir. Shu o‘rinda alohida e’tibor qaratish kerakki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilgan.

 

Ma’lumot uchun, bugungi kunda tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyamizning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Barchamizga ma’lumki, agar amaldagi qonun hujjati matnini sezilarli o‘zgartirish talab etilsa, uni yangi tahrirda bayon etish zarur. Shu boisdan hamda kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning siyosiy-huquqiy ahamiyati va ko‘lamidan kelib chiqib, loyihada Konstitutsiyani yangi tahrirda bayon etish uchun barcha asoslar yetarli bo‘ldi. Shuning uchun ham loyihaning nomini Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida emas, balki “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni deb nomlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi matni bilan meningkonstitutsiyam.uz sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

 

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM