“Poygatepa” jom’e masjidining yangi binosi uchun ilk g‘isht qo‘yildi

Bugun yurtimizda har bir sohada bo‘lgani kabi, namozxon yurtdoshlarimiz uchun ham barcha qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, Bulung‘ur tumani Qirqshodi mahallasi hududida joylashgan “Poygatepa” jom’e masjidining yangi binosini barpo qilish uchun ilk g‘isht qo‘yilganligi ham fikrimizning dalili bo‘la oladi.

 

 Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi S.Astonov, din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi I.Ravshanov, tuman bosh imom-xatibi M.Jomonqulov, mahalla nuroniylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bugun yurtimizda olib borilayotgan islohotlar fonida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Muqaddas Qur’on oyatlaridan hatm qilinib, el-yurt tinchligi uchun duoga qo‘l ochildi. Bir jonliq qurbonlik qilinib, doshqozonda osh damlandi.

 

Ma’lumot uchun, tumanimizning savobtalab homiylari tomonidan qurilishi reja qilinayotgan masjidning yangi binosi 800 o‘ringa mo‘ljallanib, unda namozxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Masjidning yangi binosi joriy yil so‘ngiga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM