Bulung‘urda yopilayotgan kutubxona hokimlik balansida emas

Ijtimoiy tarmoqlarda Bulung‘ur tumanidagi ko‘p yillik tarixga ega kutubxonalardan biri yopilayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan shuni ma’lum qilish mumkinki, Bulung‘ur tumani Bulung‘ur mahallasi Amir Temur ko‘chasi 37-uyda joylashgan mazkur kutubxona binosi 1976-yilda qurilgan bo‘lib, 2006-yildan buyon Samarqand Davlat arxitektura-qurilish Instituti balansidagi Axborot-resurs markazi Bulung‘ur tuman hududiy bo‘limi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Mazkur kutubxona binosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan ommaviy savdolar orqali sotiladigan ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatida 869-raqam bilan qayd etilib, belgilangan tartibda 4777030-sonli lot raqamida https://e-auksion.uz saytiga joylashtirilgan va auksion savdosi 2023-yil 16-fevralda yakunlangan.

 

Tuman hokimligi tomonidan ushbu kutubxonani tuman hududida saqlab qolish taklifi berilganda Institut ma’muriyati mazkur filialni Institut hududida qayta tashkil qilishini, tuman hududidan ijara asosida bino ajratilganda ham ijara haqqini to‘lab berish imkoni yo‘qligini ma’lum qilishgan.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmonining 4-bandiga ko’ra, 2021-yil 1-avgustdan boshlab tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash, e’tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish vakolatlari bekor qilingan.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM