Aholiga davlat xizmatlarini ko’rsatish hajmi ortib, sifati yaxshilanmoqda

“Bulung‘ur hayoti” gazetasida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda “Davlat xizmatlari sohasidagi islohotlar: yangi davlat xizmatlari” haqida so‘z yuritildi.

Mavzu yuzasidan Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori Siyovush Gʻaniyev tomonidan atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir davomida ma’lum qilinishicha, soʻnggi 5 yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmati turlari soni 37 tadan 253 taga yetkazilganligi va  2022-yilning oʻzida 78 ta yangi davlat xizmatlari ishganligini bunga misol qilish mumkin.

Jumladan, 2022-yil davomida birgina Adliya bo‘limi Bulung‘ur tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan jami 6.300 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

2022-yilda amalga oshirilgan muhim yangiliklardan biri bu shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalash imkonini beruvchi Mobil-ID tizimi ishlab chiqilib, joriy etilgani boʻldi.

Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkinligi, shuningdek, ushbu tizim arizachilarni mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish imkonini berishi bo‘ldi.

Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi 2022-yilda mazkur jarayonda markazga 3.162 ta tashrif buyuruvchi fuqarolarni “Mobil ID” identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Tadbir so‘ngida OAV vakillari mavzu va soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM