Erganakli mahallasi yo‘li 2023-yilda ta’mirlanadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Erganakli” mahallasi hududidan o‘tgan “Ergankli–Tig‘iriq–Changal” avtomobil yo‘li ta’mirtalab ahvoldaekanligi yuzasidan fotosuratlar ilova qilingan xabar e’lon qilindi.

 

Mazkur yo‘l Bulung‘ur tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi balansidagi 4K-518 mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining 0-3 km. qismi bo‘lib, bugungi kunda haqiqatdan ham ta’mirtalab ahvolda. Shu sababdan mazkur yo‘lni 2023-yilda joriy ta’mirlash uchun Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga takliflar yuborilgan bo‘lib, moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lgach, qurilish ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilinadi.

 

Ma’lumot uchun, joriy yil davomida tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandagi yo‘llarning 31 km qismini ta’mirlash reja qilingan.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM