Fozil Yo’ldosh mahallasida ommaviy sayyor qabul o’tkazildi

Bulung’ur tumani Fozil Yo`ldosh mahallasida navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo’lib o’tdi. Tumandagi joylashgan 20-son Bolalar musiqa va san`at maktabida o’tkazilgan qabul davomida bildirilgan murojaatlar Samarqand viloyat IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov, tuman hokimi Samandar Astonov hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sherzod Narmatovlar tomonidan qabul qilindi.

 

Sayyor qabul avvalida viloyat IIB boshligʻi polkovnik R.Mamatov tomonidan 16 yoshga to’lgan va ilk bor katta hayotga qadam qo’yayotgan 10 nafar yoshlarga ID kartalar topshirilib, ularning kelgusi hayotiga omad tilandi.

 

Qabul davomida bildirilgan barcha murojaatlar shu joyning o’zida tegishli soha mutasaddilari va murojaatchilar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Qabul so’ngida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 341-sonli Qarorga asosan 2 nafar yoshlarga noutbuk va printer topshirildi.

 

Shundan song, viloyat IIB boshligʻi polkovnik R.Mamatov tuman hokimi S.Astonov hamrohligida mahallada bunyod etilgan Fozil Yo’ldosh nomidagi muzeyda bo’lib, bu yerdagi eksponatlar, baxshi-shoirning hayoti va ijodi bilan tanishdi. Muzeyga tashrif so’ngida mehmonlarga baxshi hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi kitoblar jamlanmalari topshirildi.

 

 

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM