“Men donorman” aksiyasida ishtirok eting

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-348-son qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur qarorga muvofiq, har oyning ikkinchi haftasi “Qon donorligi haftasi” etib e’lon qilinishi belgilangan.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash, aholi, ayniqsa yoshlar orasida beg‘araz donorlik harakatini targ‘ib qilish maqsadida tumanning barcha hududlarida “Qon donorligi haftaligi” va uning doirasida “Men donorman” aksiyasini tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan, mazkur aksiyada tashkilot, bo‘lim va muassasalar hamda ularning quyi tizimlarlaridagi xodimlarini, keng aholi qatlamlarini faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.

Izoh: Qon berish istagi bor yurtdoshlarimiz tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bolalar bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM