MIB mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbir davomida “Aliment to`lovlarini undirish va oilalarni yarashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida so‘z yuritildi. Mavzu yuzasidan prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tuman bo‘limining davlat ijrochisi, 2-darajali yuristi Qahharov Aktam tomonidan ma’lumot berildi.

Unda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohamizga doir Qaror va Farmonlari, Bosh prokuror buyruq va ko‘rsatmalari hamda Byuro direktorining buyruqlari talablaridan kelib chiqqan holda sud hujjatlarini ijrosini so‘zsiz ta’minlash borasida qator tizimli ishlar amalga oshirilib, ma’lum natijalarga erishildi.

Bugungi kunda dolzarb va muhim vazifa hisoblangan doimiy daromadi bo‘lmagan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator tizimli tadbirlar olib borilmoqda. 

Shu bilan birga, oilasidan ajrashgan yosh oilalarni yarashtirish orqali oilalarni tiklash maqsadida olib borilgan profilaktik tadbilar va suhbatlar natijasida muayyan natijalarga erishildi.

Birgina, Bo‘lim ish yurituvida o‘tgan 2022-yilda ushbu toifadagi 2008 ta ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishlari yuritilgan bo‘lib ushbu hujjatlar bo‘yitcha qarzdor va undiruvchilar bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbilar mahsulida 533 ta oilalar yarashtirilib, ushbu oilalarning farzandlari ota-onalari bag‘riga qaytarilishi ta’minlanib, oilalarni tiklanishiga erishildi.  

Ushbu davrda olib borilgan majburiy ijro tadbirlari va profilaktik suhbatlar natijasida aliment to‘lovchi qarzdorlardan jami 4,3 mlrd. so‘m aliment pullari undiruvchilarga undirib berildi.

Bundan tashqari, 2022-yil davomida surunkali ravishda aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan jami 54 nafar qarzdorlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risda to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan va shundan 41 nafariga ma’muriy qamoq jazoga tortilgan bo‘lsa 12 tasi sudda qarzdolik to‘lanib MJtKning 271-moddasiga asosan tugatilgan.

Bundan tashqari bir qancha qarzdorlarga nisbatan JKning 122-moddasiga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Tadbir davomida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM