“Tumandagi nuroniylar uchun yaratilayotgan imkoniyat hamda sharoitlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mavzu yuzasidan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, tuman “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi Ochil Ahmedov tomonidan ma’lumot berildi.

 

Tadbir davomida ma’lum qilinishicha, bugungi kunda har bir mahallada 11 nafardan faol, obro‘-e’tiborli nuroniylar jelb etilib, jamoatchlik kengashi tuzilgan bo‘lib, ular jamiyat hayotida faol ishtirok etib kelishmoqdalar.

 

Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘hna Buxoro shaxriga sayohat tashkil etildi. Joriy yil davomida 14 250 nafar (6758 nafari ayollar) nuroniylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 429 nafar nogiron keksalar va 21 nafar yakka-yolg‘iz keksalaga manzilli tibbiy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda. Tumandagi 32 nafar notinch oilalarga 64 nafar nuroniylar biriktirilib, ushbu oilalarda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish choralari ko‘rildi. Bugungi kunga kelib ularning 29 nafari yarashtirilishiga erishildi.

 

Noyabr oyida “Keksalar turizm oyligi” doirasida 40 dan ortiq yolg‘iz yashovchi keksalarning holidan xabar olindi. 54 nafar betob nuroniy otaxon va onaxonlarning holidan xabar olindi. 53 nafar nogironligi bo‘lgan, 41 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalarning honadonida hashar o‘tkazildi. Shuningdek, oylik doirasida 510 nafar nuroniylarning turizm ob’ektlariga, 442 nafarining esa mustaqillik ob’ektlariga sayohatlari tashkil etildi.

 

Bundan tashqari, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan 53 nafar nuroniylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, reablitatsiya vositalari bilan ta’minlandi. Umuman olganda tumanda nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM