Talab ortgan, xizmat ham shunga muvofiq bo‘lishi kerak...

Bu yilgi qish mavsumida havoning sovuq kelganligi natijasida, aholining suyultirilgan maishiy gazga bo‘lgan ehtiyojining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholini maishiy gaz ballonlar bilan ta’minlash maqsadida tun-u kun mahallabay, xonadonbay gaz ballonlar tarqatish ishlari olib borilmoqda. Xususan, havoning issiq kunlarida kunlik 650-700 dona gaz ballonlar tarqatilgan bo‘lsa, hozirgi kunda kuniga o‘rtacha 750-800 dona gaz ballonlar aholi xonadonlariga yetkazib berilmoqda.

 

Dekabr oyining 13 sanasigacha jami 6234 dona yoki 124,6 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti tarqatilgan bo‘lib, bugunning o‘zida Istiqlol, Kildon, Bog‘bon, Chorvoq, Yangiqo‘rg‘on, Sariqipchoq hamda Sayltepa mahallalaridagi aholi xonadonlariga jami 850 dona yoki 17,0 tonna suyultirilgan maishiy gaz ballonlar yetkazib berildi.

 

Bulung‘ur tumani aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz mahsulotlarini belgilangan muddatlarda yetkazib berish bo‘yicha “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan ishlar jadallashtirilmoqda. Jumladan, tuman xududida "gaz to‘ldirish shaxobcha"si kayta jixozlanib, tez kunlarda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Buning natijasida belgilangan muddatlarda ta’minot yaxshilanishiga erishiladi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM