Xo‘jabachcha mahallasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Bulung‘ur tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida 50 nafar kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh tomonidan tumanning Xo‘jabachcha mahallasida 521 ta aholi turar joylarida, 3 ta savdo do‘konlarida, 1 ta umumtalim maktab va 1 ta oilaviy polikliikada o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida elektr isitish uskunalari, tabiiy gaz va gaz asboblaridan foydalanish bo‘yicha 52 ta holatda kamchiliklar aniqlanib, shulardan 43 tasi joyida bartaraf etildi. Xususan, tadbir davomida 3 ta elektr taqsimlash qutisida qo‘lbola saqlagichlar olib tashlanishiga, 24 ta nosoz dudburonlar tozalanishiga va 4 ta gaz moslamalariga ulangan nostandart shlanglarning almashtirilishiga hamda boshqa 10 ta boshqa kamchiliklarning bartaraf etilishiga erishildi.

Tadbir davomida tuman aholisi uchun gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini va is gazidan zaharlanishni oldini olishni targ‘ib qiluvchi jami 360 ta targ‘ibot materiallar (bukletlar, eslatmalar, qo‘llanmalar) tarqatildi.

Bundan tashqari, Bulung‘ur  tumani “Bulung‘ur Dexqon bozori” MChJda joylashgan radiotarmog‘i orqali is gazi, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holat va yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha 3 marotaba radio eshittirishlar olib borildi.

Tadbir davomida mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurish davrida 1124 ta fuqarolar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilb, shulardan 314 ta yakka tartibdagi aholi turar joylarida fuqarolarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish holatlarini hamda favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida keng qamrovli tushuntirishlar berildi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM