Navbatdagi sessiyada 2 ta maktabga direktor tasdiqlandi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yetmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida “Bulung‘ur tuman mahalliy budjetining 2021-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2022-yilga mo‘ljallangan loyihasi to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartishlar kiritish, tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish, tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish, tumandagi 12- va 37-umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktori lavozimiga nomzodlarni tasdiqlash, shuningdek, Bulung‘ur tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan joriy yil 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi ko‘rilgan masalalarga muvofiq, Bulung‘ur tumani 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktor lavozimiga Umarov Zoxitjon Akbarovich  nomzodi, Bulung‘ur tumani 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktor lavozimiga Suloymonov Raxmonberdi Sayfullayevich nomzodi tasdiqlandi.

Sessiyada ma’lum qilinishicha, tumanda oilaviy ajralishlar 2022-yil 11 oyi davomida 242 nafarni tashkil etgan va o‘tgan yil mos davriga nisbatan (2021 yil 11 oyida 162 nafarni) 80 nafarga ko‘paygan. Tumanda xotin-qizlar tomonidan 2022-yilning 11 oyi davomida 17 ta jinoyat sodir etilgan  (2021 yil 10 oyida 11 ta)...

 

Kun tartibida ko‘rilgan mazkur masala deputatlar tomonidan qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lib, fikr-mulohazalar tinglandi. Kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM