Sektor rahbari Bo‘dana mahallasi yoshlari bilan uchrashdi

Bulung‘ur tumani sektor rahbarlarining yoshlar bilan sayyor uchrashuvlari tasdiqlangan reja asosida, doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Mazkur uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlar ro‘yxatga olinib, ijrosi qonun doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, tuman hokimi, 1-sektor rahbari Samandar Astonovning bugun tumanning Bo‘dana maallasi yoshlari bilan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvi bundan oldingi uchrashuvda bildirilgan murojaatlar sarhisobi bilan boshlandi. Qayd etilganidek, joriy yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan uchrashuvda 11 ta murojaat bildirilgan bo‘lsa, ulardan 9 tasi ijobiy hal etilgan, 1 tasi murojaatchi tomonidan rad etilgan, 1 tasi muddat talab etmoqda.

 

Mahallada bugun bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar tomonidan 8 ta, aholi tomonidan 10 ta, jami 18 ta murojaat ijro uchun ro‘yxatga olindi. Qady etish lozimki, uchrashuv davomida bildirilgan har bir murojaat shu yerning o‘zida atroflicha muhokama etilib, ijrosi yuzasidan zaruriy vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM