Sud qarorini bajarmaganlik uchun jarima undirildi

Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudning 2022-yil 26-iyuldagi sud hujjatiga asosan qarzdor X.B.dan “Abdurashid Jurabek Mirzabekbogi fermer xo‘jaligi hududidan sug‘oriladigan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini qaytarish va shu maydondagi noqonuniy qurilmani buzdirish hamda tartibga keltirib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilgan va 15 kunlik ixtiyoriy muddat belgilangan.

Qarzdor tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddat ichida ijro ishi tugatilmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Shuningdek, belgilangan muddatda qarzdor tomonidan sud qarorini bajarmaganligi uchun uchun unga nisbatan jarima qo‘llanildi va bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida - 1 mln. 500 ming so‘m jarima va 1 mln. 500 ming so‘m ijro yig‘imi undirildi.

Salohiddin RAHMATOV,

Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi davlat ijrochisi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM