Chorvachilikda naslchilik ishining ahamiyati

Hozirgi kunda dunyo miqyosida aholining sifatli oziq-ovqatga bo’lgan talabini qondirish muhim masala sanaladi. Shu jumladan chorvadan olinadigan mahsulotlar ya’ni sut, go‘sht, tuxum va boshqa mahsulotlar inson hayotida to‘yimliligi va foydaliligi jihatdan o‘ta muhim hisoblanadi. Ushbu chorva mahsulotlarining miqdori chorva hayvonlarining mahsuldorlik ko‘rsatgichlariga bog‘liq. Shuning uchun ham chorvachilikda naslchilik ishi muhimdir.

 

Bulung‘ur tumanida chorvachilikda naslchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi jami 8 ta qoramolchilik sub’ekti mavjud. Tuman aholisi tomonidan boqilayotgan qoramollar sifatini yaxshilash maqsadida ushbu naslchilik xo‘jaliklari tomonidan naslli qoramollar yetkazib berilmoqda. Hozirda ushbu xo‘jaliklarda jami 580 bosh naslli qoramollar boqilmoqda. Shundan 237 boshini sigirlar tashkil etadi.

 

O‘zagroinspeksiyaning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan ushbu naslchilik xo‘jaliklari faoliyati ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

 

Turabov Sanjar,

O‘zagroinspeksiyaning Bulung‘ur tuman bo‘limi katta inspektori

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM