Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda “Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning sog`ligi, tarbiyasi, ta`lim olishi va ijtimoiy ahvolini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar” mavzusida so‘z yuritildi.

 

Mavzu yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari Azizbek Buriboyev hamda tuman hokimligi bolalarni himoya qilish shubasi mudiri Berdiyor Xasanov tomonidan ma’lumot berildi.

Xususan, raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Samarqand viloyati SOS bolalar mahallasida tarbiyalanib chiqqan yetim va ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasi Paxtaboshi qishlog‘idan ko‘p qavatli uylardan 2021-yil ijtimoyi yetim bolalarning 3 nafar chin yetimga 2 xonali uy-joylardan berilganligi, 2022-yil xisobidan yana 3-nafar yetim bolalar 1 xonali uy-joy bilan ta’minlandi. Joriy yilning boshidan sentabr oyiga qadar 345 nafar bolalar vasiylik va homiylikka tayinlanib, shundan 42 nafariga yaqin qarindoshlariga homiylik tayinlanib, kelindi. “Mehr daftari” tizimini joriy etilib 45 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ijtimoiy yetim bolalar elektron tizimga kiritilib xoxish istaklariga qarab sovg‘alar berilishi yo‘lgan qo‘yilgan.

Tadbir davomida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM