Xizmatlar sohasi iqtisodiyotimizning asosiy drayveriga aylanib bormoqda

O‘tgan davr mobaynida xizmat ko‘rsatish sohasiga Davlat rahbarining e’tibori juda katta bo‘lib ushbu yo‘nalish bo‘yicha 2021-yilning 14-dekabr kuni Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida “Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish, 2022-yilda mehnat balansi va bandlik dasturini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” o‘tkazilgan 55-son majlisi bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104 sonli qarori qabul qilindi va joriy yilning o‘zida 2 marotaba kengaytirilgan tarzda yig‘ilish o‘tkazildi.

Bu borada Bulung‘ur tumanida ham soxani rivojlantirish uchun ishlar olib borilmoqda. Ushbu soxani muximligidan kelib chiqib xar bir kursatilayotgan xizmatlar va bu xizmatlarning tumanimiz iqtisodiy ijobiy tasiri baxolanib borilmoqda. Eng asosiysi tumanda xizmatlar soxasi orqali yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari xalq deputatlari tuman Kengashida baxonalib borilmoqda. Bu soxani rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarni yaratilishi bo‘yicha mas’ullarni xisobotlari tuman kengashi sessiyalariga xar 15 kunda eshtilib borilishi belgilangan.

Jumladan yanvar-may oylarida quyidagi natijalarga erishildi: 

-651 ta loyihalar amalga oshirilib, 5413 nafar aholi bandligi ta’minlandi.

Jumladan, xizmatlar sohasida 2943 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qildi, 882 nafari legallashtirildi.

- avtomobil yo‘llari bo‘yida 1,6 mlrd.so‘mlik 2 ta loyiha ishga tushirildi, 15 ta ish o‘rni yaratildi.

Misol, M-39 avtomobil yo‘lida tadbirkor Sarimsoqov Temur tomonidan qiymati 1,5 mlrd.so‘mlik Maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtasi ishga tushirildi. (10 ta ish o‘rni)

- zaruriy xizmat turlarini tashkil etishhisobiga 379 ta shaxobcha tashkil etildi, 430ta  ish o‘rni.

Misol, tuman markazidan 23 km uzoqlikda bo‘lgan Lalmikor mahallasida “Javoxir Bovatov Biznes” O/K tomonidan 2 ta xizmat shaxobchasi (avtomobillarni yuvish va savdo do‘koni) tashkil etilishi hisobiga 3 nafar ish o‘rni tashkil etildi.

- ko‘p qavatli uy joylar 1-qavati va yerto‘lalarida 3 ta loyiha ishga tushirildi, 15 ta ish o‘rni;

Misol, Guliston mahallasida “Artikova O‘g‘iloy” YaTT tomonidan go‘zallik saloni tashkil etilishi hisobiga 4 nafar ish o‘rni tashkil etildi.

- 21 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti (85 ta ish o‘rni) tashkil etildi;

Misol uchun, Kaptarxona mahallasida “Zaxroxonim Raximaxonim” MChJ tomonidan 7,2mlrd. so‘mlik 200 o‘rinli davlat xususiy sherikchilik asosida bog‘cha ishga tushirildi, 15 ta ish o‘rni yaratildi.

-14 ta agroxizmatlar ko‘rsatish loyihalari ishga tushirildi va 57 ta ish o‘rni tasgkil etildi.

Jumladan, 11 ta urug‘ va ko‘chat yetkazib berish, 3 ta meneral o‘g‘it yetkazish,

-Transport xizmatlari sohasida 15 ta loyiha ishga tushirildi (15 ta ish o‘rni);

-Tunu-kun ishlaydigan ko‘ngil ochar ko‘chalarda 2 ta loyiha
(3 ta ish o‘rni) ishga tushirildi.

Misol uchun:“Javoxir arena klub” O/K tomonidan sport sog‘lomlashtirish loyihasi ishga tushirildi va 2 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

-397 nafarfuqarolar kasb-hunarga o‘qitish markazlarida kasb-xunarga o‘qitildi.

Jumladan, servis va xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha 181nafar, AyTi yo‘nalishida 187nafar, hunarmandchilik va boshqa yo‘nalishlarda 29 nafaryoshlar o‘qitildi.

- 453 ta tadbirkorlik sub’ektlariga 12,8mlrd.so‘mlik kredit ajratildi.

-Xalqaro moliya institutlari resursidan 1taloyiha 0,1 mlrd.so‘m;

-PQ-4752-son qaror bo‘yicha 2ta loyihaga 2,2 mlrd. so‘m kredit;

-Bankning boshqa kredit resursidan 450ta loyiha, 10,5 mlrd. so‘m.

 

Vazirlar Mahkamasining 71-son Qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida “e-auksion” elektron onlayn savdo maydonchasi orqali sotib olish imkoniyati yaratildi.

Jumladan, jami 304 ta (5,6 ga) yer uchastkalari aniqlanib,
291 tasi auksion savdolariga chiqarildi.

- “K-savdo” tizimi orqali150 ta bo‘sh yer maydoni ko‘chma xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etish uchun sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Bugungacha 148 ta (99%) bo‘sh yer maydoni auksion savdoga chiqarilib, shundan 108 tasi sotildi va bugungi kunda 40 ta savdoda turibdi.

Misol uchun, “Mingchinor” mahallasida bo‘sh turgan yer maydoni auksion orqali (№-1425821 lot raqami) YaTT Anorboev Bobur Nuriddin o‘g‘li tomonidan 236,5 ming so‘mga sotib olib, ko‘chma savdo nuqtasi tashkil etildi.

Erishilgan natija:

-xizmatlar hajmi 164,3 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati esa
107,6 foizni tashkil etdi;

-aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 850 ming. so‘mdan to‘g‘ri keldi;

-5,4 ming nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi (yillik rejaga nisbatan 53,1 %);

Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda sohada kelgusi qo‘shimcha vazifalar ham belgilab olingan:

Joriy yilning 7-iyun kuni Davlat rahbari raisligida “Xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” kengaytirilgan yig‘ilishida xizmatlar sohasiga qo‘shimcha vazifa va imkoniyat yaratib berdi.

-4791 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish.

-Xizmat ko‘rsatish hajmini 751,3 mlrd.so‘mga yoki 149,3 foizga yetkazish.

Ko‘chma va yengil konstruksiyali savdo faoliyati uchun talablarni soddalashtirish.

Jumladan, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, mahalla, obodonlashtirish va yo‘l tashkilotlariga o‘z yer maydonlarida mavsumiy kafe va savdo nuqtalarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda, ko‘chma savdo ob’ektlarini ish kuni yakunlangach, ko‘chirish bo‘yicha majburiy talab bekor qilinib, tadbirkorlarga mobil konteynerlar o‘rnatish huquqi beriladi.

-Berilgan imkoniyatlardan so‘ng qo‘shimcha 150 ta ko‘chma savdo ob’ektlari joylashtirish uchun yer maydonlari aniqlash.

-Vazirlar Mahkamasining 71-son Qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida “e-auksion” elektron onlayn savdo maydonchasi orqali qo‘shimcha 362 ta yer uchastkalari aniqlash.

Davlat Rahbari xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan aniq masalalar ham eng avvalo mahalladan boshlanishi, bir so‘z bilan aytganda, mahalla xizmatlar va servis markaziga aylanishi shartligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Bugung‘ur tuman Kengashi kotibiyati xodimlari va deputatlar tumanda xizmatlar soxasida olib borilayotgan ishlar, yangi ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha joylarga chiqib mas’ullarning hisobotlarida aks etgan ma’lumotlarning haqqoniyligi o‘rganish bo‘yicha tumandagi “Sohibkor” va “Mingchinor” mahallari bo‘lishdi.

Ushbu mahallarda 2022-yil boshidan hozirgi kunga qadar xizmatlar soxasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Kelgusida bu soxada amalga oshirilgan ishlar bosqichma-bosqich boshqa mahallalarda o‘rganilib to‘plangan ma’lumotlar mas’ullar bilan tahlil etib boriladi.

 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM