Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash

  1. Tuman hokimligi apparatida fuqarolarning og'zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar bilan ishlash hamda fuqarolarni qabul qilish O'zbekiston Respublikasining “ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuni hamda tuman hokimining qarori bilan tasdiqlangan tuman hokimligida fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish va ularni qabul qilish tartibi” asosida amalga oshiriladi.
    Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas'uliyat tuman hokimi o'rinbosarlari, umumiy bo'lim, guruh rahbari va  bosh mutaxassisilari zimmasiga yuklanadi.
    Tuman  hokimligida fuqarolar tuman hokimi, hokim o'rinbosarlari, hokimlik apparatining, bo'lim boshlig'i  va guruh rahbari tomonidan fuqarolarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Fuqarolarni qabul qilish tuman hokimi qarori bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali fuqarolar e'tiboriga yetkaziladi.
    Tuman  hokimi va hokim o'rinbosarlari tomonidan fuqarolar hududlarda maxsus jadval asosida sayyor qabul qilinadi.
    Har bir fuqaroning qabulidan so'ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, istiqomat qiladigan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo'yiladi. Qabul varaqasi kanseliyariyada ro'yxatdan o'tkaziladi. Qabulda ko'tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik apparatining tegishli bo'linmasi va kanseliyari mudiri  tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.
    Fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas'uliyat tuman hokimligi kanseliyari mudiri  zimmasiga yuklatiladi.
    Kanseliyari  mudiri tuman hokimligiga kelgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib oladi, mazmuniga qarab tuman  hokimi topshirig'i loyihasini tayyorlaydi va shaxsan tuman  hokimi ko'rib chiqishi uchun taqdim etadi. Tuman  hokimi tomonidan murojaatni o'rganish bo'yicha berilgan topshiriq tuman hokimligi kanseliyariyada ro'yxatdan o'tkaziladi va tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Ushbu jarayon tuman  hokimligi kanseliyari mudiri  tomonidan shaxsan nazorat qilinadi. Tuman  hokimi o'rinbosarlari yoki hokimlik apparatining bo'linmalari rahbarlari nomiga kelgan murojaatlar ham tuman  hokimligi kanseliyari mudiri  tomonidan xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi va nazoratga olinadi. 
    Fuqarolarning murojaatlarini o'rganib chiqish uchun tuman hokimi yoki ushbu murojaat ko'rib chiqish uchun yuborilgan hokim o'rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi (qo'shimcha o'rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno) va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o'n kun muddat ichida ma'lum qilinadi. 
    Ariza va shikoyatlar tuman  hokimligiga tushgan kunidan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddat ichida, qo'shimcha o'rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o'n besh kundan kechiktirmay ko'rib chiqiladi. 
    Ariza yoki shikoyatni ko'rib chiqish uchun tekshirish o'tkazish, qo'shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko'rish zarur bo'lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko'rib chiqish muddati tuman  hokimi tomonidan istisno tariqasida uzog'i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma'lum qilinadi. 
    Tuman  hokimligiga qabulga kelgan fuqarolarga murojaatlari bo'yicha o'sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko'rib chiqilishi natijalari to'g'risida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin.
    Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko'rsatilgan, shuningdek, imzo qo'yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi. 
    Fuqarolarning murojaatlarida qo'yilgan masalalarni hal etish tuman hokimligining vakolatiga kirmaydigan bo'lsa, uzog'i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo'natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.
    Tuman  hokimligi kanseliyari mudiri har kunning oxirida fuqarolarning murojaatlarini ro'yxatdan o'tkazish va ular bilan olib borilgan ishlarni tahlil qiladi, qonun buzilish holatlariga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'radi. Oy yakunlari bo'yicha tuman  hokimligiga fuqarolardan kelgan murojaatlarni umumlashtiradi va ularni mazmuni bo'yicha tahlil qiladi. Tahliliy ma'lumotlarni tuman hokimlik soati va apparat yig'ilishlari muhokamasiga kiritadi.
    Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha mas'ul shaxs:
2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM