XALQ BILAN FIKR ALMASHAMIZ

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatini xalqqa yetkazish va targ'ib etish maqsadida tashkil etilgan targ'ibot guruhi - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'qituvchisi YO.Suyunov, tuman hokimi o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi SH.Pardaeva, O'zLiDeP tuman Kengashidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Hakimov hamda Qishloq xo'jalik kasb-hunar kolleji o'qituvchisi T.Xo'jamurodovlar  12-umumta'lim maktabida bo'lishdi.

Suluvqo'rg'on, Beshkuvi hamda Xo'jabachcha MFY faollari qatnashgan tadbirda sud-huquq tizimiga qaratilayotgan e'tibor xususida so'z bordi.Joylarda ochiq  sayyor sud majlislari o'tkazilayotgani, huquqbuzarlik bilanbog'liq masalalar mahalla faollari bilan birgalikda ko'rib chiqilayotganiaytildi. Shuningdek, sud hokimiyati vakillari bilib-bilmay jinoyat sodiretayotgan fuqarolarning xatosini boshqalar takrorlamasliklari uchuntushuntirish ishlari  olib borishayotgani  ta'kidlandi.

Targ'ibot guruhi a'zolari 2017 yilda amalga oshirilgan va 2018 yilda qilinishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan ma'ruzalar qilishdi.
– Yangi investitsiya – yangi kelajak sari yo'ldir, - deydi Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti o'qituvchisi YO.Suyunov. – Xalq bilan muloqot qilib, fikr almashinish, yangi texnologiyalar haqida tushuncha berish orqali tadbirkorlikka qiziquvchilarni har jihatdan qo'llab-quvvatlagan bo'lamiz.
Tadbirda 12maktab direktori Akbarxon Umarov ham so'zga chiqib,Yurtboshimiz tomonidan mahalla institutlari, ta'lim sohasigaqaratilayotgan e'tibor, uchastka  nozirlariga berilayotgan xizmat uyi vaxizmat mashinalari xalq manfaatlariga xizmat qilishligini ta'kidladi.

Beshkuvi mahallasida yashovchi fuqaro Turdimurod O'sarov 80 ta xo'jalikni ichimlik suvi muammosi qiynab kelayotgani bo'yicha murojaat qildi.
Xo'jabachcha mahallasi fuqarosi Qarshiboy Qoraboev ham ichimlik suvi masalasida amaliy ko'mak so'radi. Fuqarolarning murojaatlari tegishlitartibda qayd etildi.

54-maktabda o'tkazilgan tadbirda Zarafshon, Qo'ng'irot, Oqtepa hamda Gulobod mahalla fuqarolar yig'inlari faollari ishtirok etdi. Tadbirqizg'in savol-javob hamda  bahs-munozara tarzida kechdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar Prezidentimiz SH.Mirziyoev boshchiligida olib borilayotgan islohotlar yurt ravnaqi, xalq saodati uchun ekanligini, Ishchi guruh a'zolari har bir xonadonga kirib borishib, ularning yashash tarzini o'rganishayotganini ta'kidlashdi.

- Ishsiz yurgan xotin-qizlarni jalb qilib, tuman markazida bir nechta tikuvchilik xonalari ochdik, - deydi O'zLiDePdan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Hakimov. - Bahor oylarida Istirohat bog'ini yangi va zamonaviy ko'rinishga keltirishni rejalashtirganmiz.  Tadbirkorlikkaqiziquvchilarga uy sharoitida xususiy bog'cha ochishni taklif etgan bo'lardik.Chunki, yaqin kelajakda shu sohaga ham alohida e'tibor qaratiladi.
Qo'ng'irot MFY raisi Jamila Turdibekova Yurtboshimizning Murojaatihamda mahallada olib borilayotgan jamoatchilik nazorati haqida so'zyuritdi.
Tadbirda bir nechta fuqarolar tomonidan talab va takliflar bildirildi.

- Maktabimizga keluvchi o'quvchilarning bir qismi uzoq masofadan qatnaydi, - deydi Qo'ng'irot mahallasida yashovchi Siroj Qo'shmonov. - Ularga yaqin joydan
boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan maktab filiali qurilsa, yaxshi bo'lardi.

Zarafshon MFY fuqarosi Gulchehra Yusupova ham bir nechta xonadon toza ichimlik suvi yetishmovchiligidan aziyat chekayotgani va bu muammoni bartaraf etish masalasida murojaat qildi.

Murojaatlarga targ'ibot guruhi a'zolari tomonidan javoblar qaytarilib, tegishli maslahatlar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini targ'ibot guruhi a'zolari aholi o'rtasida keng targ'ibot qilish- moqda. 18-umumta'lim maktabida targ'ibot guruhi a'zolari- TATUning Samarqand filiali “Tillar” kafedrasi o'qituvchilari DilfuzaToirova, Saodat Rahmatova, Shahnoza Ashurova, “Nuroniy” jamg'armasi tumanbo'limi raisi Abdualim Azimov, tuman Madaniyat va aholi dam olishmarkazi direktori Alijon Isoqovlar “Yangiariq”, “Yangiobod”, “Beshqo'ton”MFYlarining faollari va fuqarolari bilan uchrashib, ulargaMurojaatnomada bildirilgan fikrlar asosida tushuncha berdilar. Targ'ibotguruhi a'zolari mamlakatimizda fizkultura va sportningrivojlanayotgani va shu asosda sportchilarimizning jahon arenalaridaqo'lga kiritayotgan olamshumul yutuqlari haqida, shiddat bilan o'zgaribborayotgan zamonimizda yurtimizga kirib kelayotgan yangi texnologiyalar,tadbirkorlarga yaratilayotgan katta imkoniyatlar, yurtimizda sog'liqnisaqlash borasida amalga oshirilayotgan, mamlakatimizda tinchlikni saqlashva mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlar haqida, mahallalarga sanoatkorxonalari kirib kelayotgani haqida misollar orqali tushuncha berishdi. “Beshqo'ton” MFY fuqarosi Robiya Ulug'xo'jaeva, “Yangiobod” MFY fuqarosiMehriniso Umurzoqovalarning savollariga to'liq va aniq javoblarqaytarishdi.

Targ'ibot guruhi a'zolari “Mingtepa” MFY hududidagi 21-umumta'lim maktabida “Mingtepa”, “Bog'bon” MFY aholisi va faollari bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida targ'ibot guruhi a'zolari - tuman “Nuroniy”jamg'armasi raisi Abdualim Azimov, tuman Madaniyat va aholi dam olishmarkazi direktori Alijon Isoqov, TATUning Samarqand filiali kattao'qituvchisi Tuyg'un Jumaboevlar aholiga Prezidentimizning Vatanimiztarixida oltin harflar bilan yozilib qolgan Oliy MajlisgaMurojaatnomasi mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi. Targ'ibotchilarmamlakatimizda bo'layotgan ulkan o'zgarishlar, 2017 yilda amalga oshrilganbuyuk ishlar va 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustivoryo'nalishlari o'z ifodasini topgan  Murojaatnoma ham hajman,  hammazmunan juda keng bo'lib, u xalq manfaatini himoyalash va e'zozlashgaqaratilganligi haqida axborot berishdi. Yig'ilish davomida profilaktikainspektori Nurbek Meliboev so'zga chiqib, Prezidentimiz xalq tinchliginisaqlash va ko'z qorachig'iday asrash uchun “Jamoatchilik nazorati to'g'risida”giQonunning qabul qilinishi barcha ichki ishlar xodimlari zimmasiga kattavazifa yuklashini ta'kidladi. Shu asosida xalqimiz o'rtasida jinoyatchilikva huquqbuzarlikka qarshi kurash, tinchlikni saqlash, xavfsizliknita'minlash uchun bor kuch va g'ayratimizni safarbar etib xizmat qilishgachorladi. Yig'ilishda targ'ibotchilar guruhi fuqarolarning ko'plab savollariga javobberdilar.

“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Targ'ibot guruhining “G'o'bdin” tog'i etagida joylashgan 25-umumta'lim maktabida “Lalmikor” va “G'o'bdin” MFY faollari va aholisi bilan uchrashuvi ana shu so'zlar bilan boshlandi. Guruh a'zolaridan TATUning Samarqand filiali katta o'qituchisi Odil Jo'raev, “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi raisi Abdualim Azimovlar Murojaatnomada bayon qilingan mavzular haqida so'z yuritishdi. Notiqlar ta'lim-tarbiyada bo'layotgan o'zgarishlar, aholi uchun qurilayotgan zamonaviy namunali uy-joylar, mamlakatimzda yuz berayotgan olamshumil yangiliklar, ishlar haqida, kundan-kunga chiroy ochib borayotgan shahar va qishloqlarimiz jamoli haqida maroq bilan gapirib berishdi. Yig'ilish davomida mahalla faollari va fuqarolarining savollariga Murojaatnoma asosida aniq va puxta javoblar berildi. 

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM