Tuman tarixi

Bulung'ur tumanining nomi Bulung'ur arig'idan olingan

 

     Bulung'ur arig'i haqida 2 ta rivoyat bor, birinchisi «Bulung'ur» so'zi mo'g'ulcha «Bulug'ar», ya'ni - loyqa suvni anglatgan bo'lsa, ikkinchi rivoyatda «Burulg'ur» so'zidan olingan deyiladi. Chunki Bulung'ur arig'i Zarafshon vodiysidagi eng qadimgi ariqlardan biri bo'lib, boshlanishidan oxirigacha 90 km.lik ariq burilib-burilib oqadi. Shuning uchun ariqning nomi «Burulg'ur» so'zidan olingani realroq bo'lsa kerak degan fikrdamiz. Suv sarfi 21m3 m/s miloddan avval qazilgan Zarafshon daryosidan suv oladi. Bulung'ur va Payariq tumanlaridagi yerlarni suv bilai ta'minlaydi va Oqdaryoga quyiladi.

   Bulung'ur - Samarqand viloyatidagi shahar bo'lib, Samarkand shaxrigacha 31km. Bulung'urni katta O'zbekiston trakti kesib o'tadi. Dengiz sathidan balandligi 736 m. Aholisi 31.6 ming kishi.

   Bulung'ur tumani  -  Samarqand   viloyatida  1926 yil  29 sentyabrda tashkil etilgan. Bulung'ur tumani shimolda Jizzax viloyatining G'allaorol tumani, sharqda Baxmal tumani, g'arbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani, janubiy-g'arbda TayloQ tumani, janubda Urgut tumani va janubiy-sharkda Tojikiston bilan chegaradosh, maydoni 0.76 ming km,  axolisi  180.150 kishi.  Bulung'ur   tumanida  1 shaxar va 7 qishlok fukarolar yig'ini (Beshko'ton, Ko'lchabiy, Navoiy, Sohibkor, Fozil Yo'ldosh, O'rtabuloq. Kildon) bor. 48 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud. Markazi - Bulungur shahri.

   Tabiati. Bulung'ur tumani Turkiston tizmasining janubiy-g'arbidagi tog' oralig'i botig'ida joylashgai. Yer yuzasi tekislik, tuman sharqida G'o'bdintog' bor. Yer usti tuzilishi tog' oldi tekisliklari, adirlar, past tog'lardan iborat bo'lib,     mutlaq bal. 800-1000 m. Iqlimi kontinental, quruq iqlim. Yanvarning o'rtacha harorati - 0.3° , iyulniki 25.5". Yiliga 377-467 mm yog'in tushadi. Vegetatsiya davri 210-230 kun. Adirlarda Adhambulok, Karabkibuloq, Murzabuloq kabi buloqlar bor. Tuman hududidan Bulung'ur, Yangibesh, Qoraariq, Qorasuv, Polvonarik. Tuyatortar, Oqtepa, Oqariq qabi arik va kanallar o'tadi. Qumlok va bo'z tuproklar tarkalgan. Shuvok, efemeroidlar o'sadi. To'qayzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan bo'ri, chiyabo'ri, tulki, quyon, bo'rsiq, parrandalardan tustovuk, kaklik. bedana yashaydi.

Aqolisk, Asosan o'zbeklar, shuningdek rus, tojik, ukrain. tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 157 kishi to'g'ri keladi. Shaxarliklar 27.5 ming kishi, qishloq aholisi 140650 kishi.

Bulung'ur tumanida o'rta asrlarda xonlarning  «Bedana ko'rig'i» deb ataluvchi dam oladigan joyi bo'lgan.

Bulung'ur tumani hududqsa 1451 yilda Samarkand hukmdori Mirzo Abdullo bilan Abu Said qo'shinlari o'rtasida jang bo'lgan. Jangda Mirzo Abdullo qo'o!inlari yengilgach, Abu Said Samarqand taxtini egallagan.

2015-2019 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM