Beboshlikning oqibati: ikki o‘smirning janajali mahallada muhokama qilindi

Bulung‘ur tumandagi “Nuroniylar maskani”da ikki yosh o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan ochilgan ish doirasida jinotyachilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Samandar Astonov rahbarligida o‘tgan muhokamada Bulung‘ur, Guliston, Mingtepa mahallalarining mas’ullari, tomonlar, nuroniylar va faollar ishtirok etishdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil 23-aprel kuni soat 23:00 lar atrofida Bulung‘ur mahallasi hududida Mingtepa mahallasi fuqarosi, Samarqand viloyat “Temir yo‘l” kolleji talabasi O.D. hamda Guliston mahallasi fuqarosi, 22-maktab o‘quvchisi Sh.M. o‘rtasida nizoli vaziyat yuzaga kelgan. Natijada fuqaro O.D.ning yuz sohasiga tan jarohati yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan O‘z.Res JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Muhokamaga yig‘ilganlar mavjud vaziyat bilan tanishtirilib, unga olib kelgan sabablar tahlil qilindi. Kelgusida bu kabi salbiy holatlar kuzatilmasligi uchun ko‘rilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. Xususan, maktab - mahalla - ota-ona hamkorligini oshirish, harakatsizligi sabab mazkur vaziyatga zamin yaratib bergani uchun yuqoridagi mahallalarning sohaga mas’ul mutasaddilariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanishi zarurligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM